23 noy 08:25
Yangiliklar
Bugun "Universal" saroyida O'zbekiston chempionati start oladi
Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jam bo'lgan sara dzyudochilar uch kun davomida jami 14 ta (7 ta ayollar, 7 ta erkaklar) vaznda yilni O'zbekiston chempioni sifatida yakunlash uchun bahs olib boradi.
Bugun erkaklar o'rtasida -60, -66, ayollarda esa -48, -52, -57 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Saralash bellashuvlari soat 10:00da boshlanadi.
Bugungi murosasiz bahslarda "Universal" sport saroyiga tashrif buyuradigan muxlislar aka-uka Sardor va Kemran Nurillaev, Dilshodbek Baratov, Muhriddin Tilovov, Sita Kadambaeva, Xalimajon Qurbonova, Gulnur Muratbaeva, Nilufar Ermaganbetova, SHukurjon Aminova singari terma jamoamiz azolarining chiqishlariga guvoh bo'lishadi.
Fikrlar