So’nggi yangiliklar

13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0 10:57Полина Кудерметова иштирокидаги баҳс иккинчи сетда тўхтатилди 0 10:29Синдаров ҳамон Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 пешқадамлар сафида 0 10:03Яна бир ЖЧ-2026 плей-офф иштирокчиси мураббийи билан хайрлашди 0 09:38Ян Блахович нокаутга учраганидан кейинги ҳолатини кўрсатди (ФОТО) 0 09:12Маҳмуд Мурадов UFC'да жанг қилиши керак бўлган рақибига "вызов" ташлади 0 08:40UFC 331 турнирининг асосий жанги маълум — манба 0 08:03Жаҳон чемпиони "Барселона"да қолиши учун клуб нима қилиш кераклигини айтди 0 19:02Ислам Махачев фаолиятини давом эттиришга нима туртки бераётганини айтди 0 18:28Шахмат. Ўзбекистон дунё рейтингида яна бир поғона юқорилади 0 17:45WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди, энг яхши ўрин Исроил Мадримовда 0 17:12Бразилиядаги ўйин вақтида 15 ёшли футболчи отиб ўлдирилди 0

06 iyu 11:26
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bugun Vengriyada sport kurashlari bo'yicha reyting seriyasiga kiruvchi turnir boshlanadi

Xabar berganimizdek, 6-9 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Polyak Imre va Vargi Yanosh xotirasiga bag'ishlangan reyting seriyasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi.

Erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'tkaziladigan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Kecha turnirga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Bugun musobaqaning ilk kuni erkin kurash bo'yicha bellashuvlar o'tkaziladi. 

Bugun 57, 61, 65, 70, 79 va 125 kg vazn toifalarida g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi. Ertaga esa 74, 86 va 92 kg vaznlarda saralash va final bahslari tashkil etiladi. 125 kg vaznda kurashishi kerak bo'lgan Hasanboy Rahimovga viza chiqmaganligi aytilmoqda va shu sabab bilan eng og'ir vaznli erkin kurashchimiz musobaqaga bormagan.  

Bugun Parij-2024 Olimpiadasi licenzianti G'ulomjon Abdullaev (57 kg) va yana bir istedodli kurashchimiz Umidjon Jalolovga muxlislik qilamiz. Abdullaev ilk davradayoq eronlik Ali Hosseyn Momenjujadehga qarshi gilamga chiqadi. Hamyurtimiz eronlik raqibidan o'ta olsa, uni 1/4 finalda ozarbayjonlik Aliabbas Rzazade kutib turibdi. 65 kg vazndagi bellashuvlar aylana tarzida tashkil etiladi. Jalolov Vengriya, Ozarbayjon va Yaponiya kurashchilariga qarshi bahs olib boradi. 

Bugun kurashadigan erkin kurashchilarimiz uchun qura natijalari:

57 kg. kvalifikaciya raundi: G'ulomjon Abdullaev - Ali Hosseyn Momenjujadeh (Eron)

65 kg. 1-ranud: Umidjon Jalolov - Ismail Musukaev (Vengriya)  

2-raund: Umidjon Jalolov - Haji Aliev (Ozarbayjon)

3-raund: Umidjon Jalolov - Kotaro Kiyuka (Yaponiya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing