20 iyu 08:32
Yangiliklar
Bugun yoshlarimizning Osiyo chempionatidagi ishtiroki boshlanadi
Bugundan Bangkokda yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi. Qitamizning 15 davlatidan jami 163 nafar dzyudochi ishtirok etadigan Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkib bilan medallar uchun tatamiga chiqadi.
Bugun o'g'il bolalar o'rtasida -60, -66, -73 kg, qizlarda esa -48, -52, -57 va -63 kg vazn toifalarida g'olib hamda sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-60 kg: Bahrom Boturov - Mendsayxan Nyamsuren (Mo'g'uliston)
-66 kg: Azizbek Ortiqov - Vipin Kumar (Hindiston)/Yang Ji Xyuk (Janubiy Koreya)
-73 kg: Hojiakbar Toshev - Jang Jia-Xu (Xitoy Taypeyi)/Jun Do Von (Janubiy Koreya)
-48 kg: Xalimajon Qurbonova to'g'ridan-to'g'ri 1/2 finalda
-52 kg: Umida Jumaniyazova - Jang Se Yun (Janubiy Koreya)/Kiyal Amanturova (Qirg'iz Respublikasi)
-57 kg: SHukurjon Aminova (O'zbekiston) - Lin Vey-Ting (Xitoy Taypeyi)/Kim Yeji (Janubiy Koreya)
-63 kg: Farangiz Rejepova - Kim YU Na (Janubiy Koreya)
Fikrlar