06 apr 10:32
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bugun yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi (Juftliklar)
Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlanmoqda.
Musobaqaning dastlabki uch kunida yunon-rum kurashi bo'yicha bahslar o'tkaziladi. Bugun Osiyo chempionatining ilk kunida O'zbekiston terma jamoasining jami 6 nafar vakili gilamga chiqadi.
Bugun kurashadigan klassiklarimiz:
• 55 kg: Ixtiyor Botirov (raqibi kvalifikaciya g'oliblaridan biri bo'ladi)
• 63 kg: Islomjon Bahromov - Rayan Mazen Havsavi (Saudiya Arabistoni)
• 77 kg: Doniyorxon Nakibov (raqibi kvalifikaciya g'oliblaridan biri bo'ladi)
• 87 kg: Muhammadqodir Rasulov (raqibi kvalifikaciya g'oliblaridan biri bo'ladi)
• 130 kg: Rafael Cicuashvili - Omer Muhammad Amiroglu (Saudiya Arabistoni)
Bellashuvlar bizning vaqt bilan soat 10:30 da start olishi belgilangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar