06 mar 18:37
Yangiliklar
Bugundan Toshkentda 15 davlat dzyudochilari ishtirokida xalqaro mashg'ulotlar boshlanadi
Bugundan esa "Universal" sport saroyida ishtirokchi davlat terma jamoalari o'rtasida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlandi. To'rt kun davomida sayyoramizning 5 qitasi 16 mamlakati (Jazoir, Gruziya, Germaniya, Greciya, Hindiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Portugaliya, Samoa, Senegal, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, AQSH, O'zbekiston)dan jami 126 (80 erkak, 46 ayol) nafar dzyudochi kuniga ikki mahaldan belgilangan mashg'ulotlarda ishtirok etishadi. Bugungi ilk mashg'ulot soat 17:00da boshlandi.
Malumot uchun, Xalqaro dzyudo federaciyasi taqvimidan o'rin olgan navbatdagi turnir Gruziyada bo'lib o'tadi. 24-26 mart kunlari dunyo dzyudosi yulduzlari Tbilisi "Katta Dubulg'a" turnirida jam bo'lishadi.
Fikrlar