13 jan 18:09
Yangiliklar
Bugungi mashg'ulotlarni MOQ raisi kuzatib bordi FOTOREPORTAJ
To'qqiz davlat terma jamoalari ishtirokida o'tayotgan bugungi mashg'ulotlarni bevosita O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov kuzatib bordi. Unga MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov hamrohlik qildi.
Rustam Mavzurovich mashg'ulotlarni kuzatish asnosida terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis bilan ham suhbatlashdi. 2022 yil dzyudochilarimizni masuliyatli musobaqalar kutib turibdi. Terma jamoamiz Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkaziladigan Osiyo o'yinlari hamda Toshkent shahri mezbonlik qiladigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Rustam SHoabdurahmonov bugungi pandemik vaziyatda dzyudochilardan extiyotkorlikni talab qildi.
Fikrlar