06 jan 21:16
Yangiliklar
Boks/MMA
BUM! SHohjahon Ergashev Toshkentda qozoq boksi yulduziga qarshi jang qiladi (POSTER)
Bu haqdagi rasmiy xabarni bokschilarning o'zlari ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bo'lishdi.
9 may kuni Toshkentdagi "Humo arena" inshooti All Stars Entertainment kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan navbatdagi professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi.
Tashkilotchilarning malum qilishicha, turnir doirasida birinchi yarim o'rta vazn toifasida IBF kamari uchun o'zbekistonlik sobiq davogar SHohjahon Ergashev mazkur turnirda ishtirok etadi. 34 yashar hamyurtimizga o'sha kuni qozog'istonlik tajribali Batir Jukembaev raqiblik qiladi.
SHohjahon faoliyati davomida shu kunga qadar 28 ta jang o'tkazib, 26 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyatni rasmiylashtirgan. Ergashev bilan tengdosh Jukembaev hisobida esa 24 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat mavjud.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar