30 iyu 18:57
Yangiliklar
"Bunga javob qila olmay yiqildim". Uta Abe Diyora Keldiyorovadan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi
Abe so'nggi bor 2019 yilning noyabrida, 47 ta jang oldin mag'lub bo'lgandi. O'shanda u franciyalik Amandin Busharga mag'lub bo'lgan.
"Yutqazganimda o'zimga kela olmadim, chunki Olimpiada haqida juda ko'p o'ylagandim, o'sha kun uchun juda ko'p ish qilgandim", - dedi Abe.
SHuningdek, u Keldiyorova ajoyib texnika namoyish etganini ham takidladi.
"Men bunga javob qila olmay yiqildim", - dedi sportchi.
Yaponiya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Kacuyuki Masuchi ham raqiba Utadan chaqqon bo'lganini aytdi.
"-52 kg vazn toifasida ko'plab yaxshi dzyudochilar bor. Keldiyorova katta tezlikka ega. Musobaqa qiyin bo'lishini bilardim, ammo Uta har doimgidek g'alaba qozonish yo'lini topa olishini kutgandim", - dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Uta Abe Olimpiada va jahon chempioni hisoblanadi. U Parij Olimpiadasining ikkinchi davrasida hamyurtimiz Diyora Keldiyorovaga qarshi tatamiga chiqdi va mag'lubiyatga uchradi.
Fikrlar