So’nggi yangiliklar

21:11Муҳиддин Мамажоновнинг IBA Nomad 16 турниридаги жанги муддатидан аввал якунланди 0 19:21Полина Кудерметова Ningbo Open саралашининг иккинчи босқичига чиқди 0 18:50Мадримов ўз ўрнини сақлаб қолган The Ring рейтингининг кучли учлигида ўзгаришлар бўлди 0 18:19Каратэ WKF. Жавоҳир Жаҳонгиров жаҳон чемпиони! 0 17:48"Реал" қишда янги футболчилар сотиб оладими? Моуринью жавоб берди 0 17:17Адесанья ва Шара Буллет жанги ноябрда Қатарда ўтказилиши мумкин — манба 0 16:45Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов жанг қиладиган Душанбедаги ACA 209 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 16:12Бугун беш нафар боксчимиз жаҳон чемпионатидаги ўз юришини бошлайди 0 15:30Португалия футбол федерацияси Роналду бўйича ўз позициясини маълум қилди 0 14:43Пэдди Пимблетт кейинги жангини 2027 йил баҳорида ўтказиши мумкин 0 14:05Накамура Синдаровга жаҳон чемпионати олдидан ёрдам беряптими? 0 13:27Бугун Баҳодир Жалолов жанг қилади (тўлиқ кард) 0 12:45Суперлига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор 0 12:12"Бу осон эмас". Сехудо Ян ва Двалишвили ўртасидаги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 11:30Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга IBA Nomad 16 турнири бўлиб ўтади (Тўлиқ кард) 0

26 noy 15:17
Yangiliklar

Boshqalar

Bungacha qaysi mamlakatlarda Prezidentlar MOQ rahbari bo'lgan?

Kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev mamlakat Milliy Olimpiya qo'mitasiga rais etib saylandi.

Bu voqea olamshumul yangilik sifatida keng tarqalishi bilan bir qatorda, ko'plab savollarni ham keltirib chiqardi. Davlat rahbari MOQni boshqarishga haqlimi? XOQ buning uchun O'zbekiston tomoniga nisbatan qandaydir chora ko'rmaydimi va h.k. 

SHuni aytish kerakki, davlat rahbarining o'z davlatida Milliy Olimpiya qo'mitasini boshqarishi yangilik emas. Ayni paytda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev o'z mamlakatining Milliy Olimpiya qo'mitasiga rahbarlik qiladi. To'g'ri, Ilhom Haydarovich bu lavozimga hali Prezident bo'lmagan paytida saylangan va shundan beri uzluksiz Ozarbayjon MOQni boshqarib keladi. Bundan tashqari, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ham Olimpiya qo'mitasi raisi sanaladi. O'z vaqtida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, yon qo'shnimiz Turkmaniston rahbarlari - Saparmurod Niyozov va Gurbanguli Berdimuhamedovlar ham shunday lavozimga loyiq ko'rilishgan. 

"Bunday holat faqat sobiq SSSR Respublikalarida bo'lganmi?" desangiz "yo'q" deb javob beraman. SHarq va g'arb davlatlarida ham bu kabi holatlar uchrab turadi. Masalan, Indoneziyaning ilk Prezidenti Sukarno, Monako qiroli Albert II va boshqalar ham o'z mamlakatida Olimpiya qo'mitasiga rahbarlik qilishgan. Bu ro'yxatga yana Kubaning sobiq rahbari Fidel Kastroni ham qo'shsak bo'ladi. Garchi don Kastro rasman Olimpiya qo'mitasi raisi bo'lib ishlamagan bo'lsada, amalda Kuba MOQni boshqargan. 

Xullas, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakat Milliy Olimpiya qo'mitasiga rais etib saylanishida hech qanday qoidalar buzilishi holatlari yo'q va bu o'zgarish faqat o'zbek sporti rivojiga xizmat qilishiga ishonaman.

Otabek Eshmamatov

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing