06 noy 15:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Doston Bozorov vizani qo'lga kiritdi (FOTO)
O'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi, engil vazn toifasida Qozog'istonning Octagon League sobiq chempioni Doston Bozorovda yangilik paydo bo'ldi.
Hamyurtimiz Ispaniya vizasini qo'lga kiritdi. Bu haqda u o'zining Instagram sahifasida malum qildi.
Aytilishicha, Bozorov ushbu mamlakat uchun sayohat yo'nalishida viza olgan. Lekin uning o'zi tez kunda katta yangilik bo'lishini yashirmayapti.
Doston hozirda biror bir Liga bilan shartnomaga ega emas. U so'nggi jangini Toshkentda tojikistonlik Fazliddin Madrahimovga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar