14 iyu 12:22
Yangiliklar
Buni bilarmidingiz? O'zbekistonlik ayol sportchilar yozgi va qishki Olimpiadalar tarixida bittadan medalni qo'lga kiritgan
Avval xabar berganimizdek, Parijdagi o'yinlarda O'zbekiston delegaciyasi tarkibida 32 nafar ayol sportchi ishtirok etadi.
Yozgi Olimpiadalardagi statistikamizga nazar tashlaydigan bo'lsak, hozirga qadar faqatgina bir nafar o'zbekistonlik ayol sportchi to'rt yillikning eng muhim kompleks musobaqasida shohsupaga ko'tarilgan. Gap Ekaterina Xilko haqida ketmoqda. Trampolinchimiz 2008 yil Pekinda (Xitoy) bo'lib o'tgan Olimpiadada bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Afsuski, shundan buyon o'zbekistonlik ayol sportchilarimiz medalga ega chiqqanicha yo'q.
Qishki Olimpiadalarda esa shu kungacha bitta medal qo'lga kiritganmiz. Uni delegaciyamiz hisobiga fristayl ustasi, ayol sportchimiz — Lina CHeryazova Lillexammer-1994 Olimpiadasida taqdim etgan.
Fikrlar