So’nggi yangiliklar

19:19Рамазон Темиров UFC'даги кейинги жанги учун Таиландда тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0 18:40Оғир атлетикачиларимиз Ҳиндистондаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 18:16Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги UFC Боку турнири учун қизиқарли жанглар эълон қилинди 0 17:49Мессининг собиқ клуби банкротлик ёқасида 0 17:28Тошкентда ўтадиган Octagon 87 турнири асосий кардининг бир нечта жанглари тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:07Хабиб бир йил аввал Чимаевнинг Стрикленд билан жангдаги хатосини айтган эди 0 16:46Mangu 3 турнирининг қизиқарли жангларидан бири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:25"Манчестер Сити" Винисиусга даъвогарлик қилмоқда 0 16:04Шон Стрикленд кейинги рақиби ким бўлишини айтди 0 15:43Стрикленд — Чимаев билан треш-ток ҳақида: "Буни сизлар учун қилгандим, йигитлар" 0 15:22Британияда Жалолов — Итаума жангининг эҳтимолий санаси айтилди 0 15:01"Ливерпуль" "Реал"дан Хаби Алонсо ҳақида маълумот сўради 0 14:40"Тошкент, тайёрлан!". Жукембаев Эргашевга қарши жанг олдидан баёнот берди 0 14:19Хоразмда самбочилар хотира турнирида беллашди 0 13:58Дрикус дю Плесси Чимаев мағлубиятидан сўнг: "Менимча, яна чемпион бўламан" 0

19 okt 13:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Butun boshli Braziliya nafratiga uchragan Xabibning afsonaviy futbolkasi. Jangchi jiu-jitsuni keskin tanqid qilgandi. Qilmishlari uchun UFC uni qattiq qo'riqlashga majbur bo'lgan

Butun boshli Braziliya nafratiga uchragan Xabibning afsonaviy futbolkasi. Jangchi jiu-jitsuni keskin tanqid qilgandi. Qilmishlari uchun UFC uni qattiq qo'riqlashga majbur bo'lgan

Maxachev va Oliveyra qarama-qarshilikni davom ettiradi.

2013 yilda Xabib UFC'dagi uchinchi jangini — braziliyalik Tiago Tavares bilan o'tkazdi. Turnir San-Pauluda bo'lib o'tdi, u erda mahalliy jamoatchilik Nurmagomedovni yomon ko'rib qoldi: u vazn o'lchash marosimiga “If sambo was easy it would be called jiu jitsu” (Agar sambo oson bo'lsa, uni jiu jitsu deb atashardi) degan libosda chiqdi.

Braziliyada Xabibni yomon ko'rib qolishdi: olomon Nurmagomedovni futbolkasi tufayli parchalab tashlamoqchi bo'ldi, UFC esa jangchiga qo'riqchilarni qo'yishga majbur bo'ldi.

Xabib Braziliyaga jang qilish uchun kelganida, u hali yulduz emas edi. Nurmagomedov UFC'da ikkita g'alaba qozondi va braziliyalik jicer kelajagi uchun sinov bo'lishi kerak edi.

Ammo o'shanda Xabib yorqin imidj UFC uchun qanchalik muhimligini tushunib bo'lgandi. U taroziga doimgi kabi papaxasida bordi va Tavares bilan jang oldidan provokaciya uyushtirdi.

Bu voqeadan so'ng braziliyalik muxlislarning munosabati keskin bo'ldi. Xabibga ijtimoiy tarmoqlarda tahdid qila boshlashdi, biroq Xabib bundan qo'rqmadi va Braziliyada sayr qilishga ham ulgurdi.

Ammo UFC Xabibdan xavotirda edi va jangchiga qattiq xavfsizlik choralarini ko'rdi. Nurmagomedov qafasga kirgach, San-Pauludagi arenaga yig'ilgan tomoshabinlar: «O'lasan!» deya hayqirishdi.

«Agar sambo oddiy bo'lsa, uni jiu-jitsu deb atalarmidi» degan futbolka? Raqibni ruhiy tomonlama sindirishni istamagan edim. SHunchaki sambochi o'z sport turini himoya qilishni va sambo MMA uchun jiu-jitsudan ko'ra kuchliroq sport ekanligini tushuntirishni istagandim»,-deb eslagandi Xabib.

Taroziga shu futbolkada kelganimdan keyin shov-shuv ko'tarildi. Bizga tahdid qilishdi. UFC bizni xonaga ovqat buyurtma qilmaslik haqida ogohlantirdi, chunki braziliyaliklar uni zaharlashi mumkin degan hayolga borishdi. Jangga chiqqanimda yonimda qo'riqchilar ko'p edi. Ilgari ikki kishi meni oktagonga etaklagan bo'lsa, bu safargi jang uchun oltita nafar qo'riqchi men bilan edi. Men ulardan so'rayman: «Nima uchun bunchalik ko'psiz?» Ular shunday javob berishadi: «Tarozida kimdir haddan tashqari oshirib yuborgani uchun», deb eslaydi Xabib.

Xabib braziliyalikni nokautga uchratdi va u bilan kurashmadi ham. Nurmagomedov UFC'da jicerni mag'lub etdi, lekin eng xavflisini Maxachevga qoldirdi

Arenadagi braziliyaliklar Nurmagomedov nomini eshitishi bilan hayqiriqlar boshlanardi. Bosimlarga qaramay, Xabib ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Bu Xabibnnig faoliyatidagi eng tezkor g'alabasi edi.

Nurmagomedov braziliyalikni chuqur nokaut holatiga tushirdi. Uni birinchi raundning ikkinchi daqiqasidayoq nokaut qilib bo'lgandi. Qizig'i, Xabib bir marta ham raqibini parter holatiga tushirmadi.

Ushbu g'alabaga qaramay, Xabib butun faoliyati davomida yaxshi parter sohibiga qarshi jang qilmadi. Uni bir necha bor Toniga qarshi jang qilmaslikda ayblashdi va uni qo'rqoq deb atashdi.

SHu sababli Abdulmanap Nurmagomedovning kurash maktabi kuchli ekanligi borasida shubhalar hali ham qoldi. Bu shubhalarni yo'qotish uchun Xabibning davomchisi Islam Maxachev shanba oqshomida CHarlz Oliveyrani taslim etishi lozim bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing