So’nggi yangiliklar

12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0 14:53Жейрон Эннис энди икки вазн тоифасида жаҳон чемпиони 0 14:04Элдор Шомуродовда рекорд! 0 13:24Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 12:37АҚШ терма жамоасининг Самарқанд мезбонлик қиладиган шахмат Олимпиадаси учун таркиби эълон қилинди 0

10 mar 14:16
Yangiliklar

Tadbirlar

Butun dunyoga xavf solayotgan virus borasida seminar tashkil etildi

Teglar :  KoronavirusXitoy
Xitoyning Xubey provinciyasi markazi Uxan shahrida aniqlangan koronavirus ayni kunlarda butun dunyo bo'ylab keng tarqalib, jahon aholisi uchun juda xavf tug'dirmoqda.

COVID-2019 koronavirusi bugungi kungacha 115 ta davlatga kirib bordi. Hozirgacha bu virusdan kasallanganlar soni 110 ming kishidan oshib ketdi, shuningdek, kasallik 4 mingdan ortiq kishini bu hayotdan olib ketdi.

Bu virus bilan kasallanganlar O'zbekistonda qayd etilmagan bo'lsa-da, mamlakatimizga uning kirib kelishining oldini olish uchun barcha kerakli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi qatlami orasida tushuntirish ishlari olib borilayapti.

Jumladan, Farg'ona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiraliri maktab internatining majlislar zalida sportchi yoshlar o'rtasida koronavirus infekciyasining yuqishini oldini olishga qaratilgan seminar bo'lib o'tdi.

Mazkur seminarda Farg'ona viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining masul xodimlari hamda Farg'ona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining tegishli xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida sportchi yoshlarga koronavirus va unga chalingan bemorning holati haqida to'liq malumot berilib, undan saqlanish borasida ishlab chiqilgan tavsiyalar bilan tanishtirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing