So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

11 mar 07:20
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

Butunjahon antidoping agentligi vakillari Toshkentga kelishdi

Teglar :  Antidoping
9-10 mart kunlari poytaxtimizga Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari bilan aloqalar bo'yicha direktor o'rinbosari Tom Mey va ushbu tashkilotlar bilan aloqa bo'yicha menejeri Francisko Leonlar tashrif buyurishdi.


Mehmonlarni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi rais o'rinbosari Farxod Turdiev va Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovlar kutib olishdi. 

Malumki, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) va Butunjahon antidoping agentligi (WADA) 2003-yilning fevralida Antidoping Kodeksi tashkil etilganligi xaqida rasman elon qilgan va bu xaqda barcha Milliy olimpiya qo'mitalariga xabar yo'llagandi. Keyinchalik butun dunyodagi Milliy olimpiya qo'mitalari bu tashabbusni qo'llab quvvatladilar va mazkur muhim hujjatni imzolashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

2003-yilning 3-5 mart kunlari Kopengagen (Daniya) shahrida bo'lib o'tgan sportda dopingga qarshi kurash mavzusidagi Konferenciyada Xalqaro Olimpiya qo'mitasi, Xalqaro sport federaciyalari va qator Milliy olimpiya qo'mitalari vakillari ishtirokida antidoping Kodeksi rasman qabul qilingan bo'lib, u Butunjahon antidoping agentligining dopingga qarshi kurashish masalasida aytish kerakki, birinchi yirik hujjatiga aylandi. 

Mazkur Kodeks antidoping siyosatining asosiy yo'nalishlarini qamrab olgan holda sportda dopinga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjat hisoblanadi. Bugungi kunda 626 ta Xalqaro tashkilotlar va 205 ta Milliy olimpiya qo'mitalari ushbu Kodeksni imzolab, uni rasman tan olishgan. Butunjahon antidoping Kodeksi dunyodagi barcha antidoping dasturlarini boshqaruvchi asosiy xujjat hisoblanadi. Kodeks doirasida har bir mamlakat maxsus tadqiqotlar va testlar o'tkazish, natijalarni tahlil etish kabi faoliyatni olib borishi shart. 

Bugungi kunda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Markaziy Osiyo Mintaqaviy antidoping tashkiloti ko'magida mazkur dasturlarni amalga oshirish va xayotga tadbiq etish uchun masul hisoblanadi. Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari vakillarining yurtimizga tashrifidan ko'zlangan maqsad O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi rahbarlari bilan uchrashish bo'lib, O'zbekistonda Milliy antidoping tashkilotini tuzish imkoniyatlarini muxokama qilish edi. 

Oxirgi paytda O'zbekiston sportchilarining xalqaro maydonda erishayotgan natijalari yuksalib borayotganini hisobga olib va ayniqsa so'nggi Olimpiya o'yinlaridagi o'zbek sportchilarining zafarli yurishlaridan so'ng Butunjahon antidoping agentligi (WADA) mamlakatimizda ham mustaqil Milliy antidoping tashkilotini tuzish tashabbusi bilan chiqmoqda. O'z navbatida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi ushbu tashabbusni qo'llab quvvatladilar. 

Milliy olimpiya qo'mitasida bo'lib o'tgan uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilaridan tashqari shuningdek, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbarlari va etakchi mutaxassislari ham ishtirok etishdi. 

Uchrashuv yakunida Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov mehmonlarga esdalik sovg'alarini topshirdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing