So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

20 okt 17:51
Yangiliklar

Dzyudo

Butunjahon armiya o'yinlari. Bekmurod Oltiboev vice-chempion!

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o'yinlari davom etmoqda.

Hozirgina armiya o'yinlarining dzyudo musobaqasi +100 kg vazn toifasi bahslarida final bellashuvi yakunlandi. Oltin medal uchun kechgan uchrashuvda hamyurtimiz Bekmurod Oltiboev rossiyalik Inal Tacoevga qarshi tatamiga chiqdi. Kuchli raqibga qarshi bahsda Bekmurod mag'lubiyatga uchradi va musobaqaning kumush medalini qo'lga kiritdi.  

Taqqoslaydigan bo'lsak, Oltiboev dunyo reytingida 14, Tacoev esa 7-o'rinni egallab turibdi. Rossiyalik dzyudochi olimpiya reytingining 12-pog'onasidan joy olgan. Finalda tajriba va omad o'z so'zini aytdi.

Malumot uchun, Bekmurod Oltiboev finalga qadar mo'g'ulistonlik Hutag Tsogtgerel, rossiyalik Anton Brachev, iordaniyalik Muhammad Alfrux, Dominikan Respublikasi vakili Xose Manuel Nova Alkantarani mag'lubiyatga uchratgan edi.  

Eslatib o'tamiz, bu O'zbekiston dzyudo terma jamoasining Butunjahon Armiya o'yinlaridagi oltinchi medali bo'ldi. Bugun Gulnoza Matniyazova bronza medaliga ega chiqqan edi. Kecha esa -66 kg vazn toifasida Artyom SHturbabin oltin, shu vaznda bellashgan Muhriddin Tilovov kumush, -73 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Hikmatulloh To'raev oltin, -52 kg vaznda tatamiga chiqqan vakilamiz, yoshlar o'rtasida jahon, kattalar orasida Osiyo chempioni Diyora Keldiyorova bronza medalini qo'lga kiritgan edi. 

SHu tariqa, Butunjahon armiya o'yinlarining dzyudo musobaqasi ikkinchi kungi bahslaridan so'ng terma jamoamiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega bo'ldi. Hozircha aynan dzyudochilarimiz O'zbekiston sport delegaciyasiga jami 6 ta medalni taqdim etishdi. Dzyudo musobaqasida umumjamoa hisobida Xitoy va Rossiyadan so'ng uchinchi o'rinni egallab turibmiz. Mezbonlar tarkibida 4, Rossiyada 3 ta oltin medal bor.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
20 okt 19:10:46
Angren.
Вице-чемпион деган гап югу ДЗЮДО да.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing