So’nggi yangiliklar

09:45Ўсмирлар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари 0 08:35Англия Лига Кубоги. "Манчестер Сити" "Норвич Сити"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди 0 07:37Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 3-тур жуфтликлари маълум 0 20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0

19 okt 19:05
Yangiliklar

Dzyudo

Butunjahon armiya o'yinlari. Dzyudochilarimiz birinchi kun 4 ta medal qo'lga kiritishdi

Teglar :  DzyudoO'zbekiston
SHu kunlarda Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o'yinlari davom etmoqda.

Musobaqada O'zbekiston sport delegaciyasi ham bir nechta sport turlari bo'yicha ishtirok etyapti. Ular orasida dzyudochilarimiz ham bor. Dzyudo musobaqasida dunyoning 57 davlatidan jami 350 nafar (232 erkak, 118 ayol) harbiy-sportchi tatamiga chiqmoqda. 

Bugun engil vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazilib, ularda 4 nafar dzyudochimiz shoxsupaga ko'tarildi. -66 kg vazn toifasi finalida ikki yurtdoshimiz - Muhriddin Tilovov va Artyom SHturbabin o'zaro to'qnash kelishdi. O'ziga xos o'zbek derbisida SHturbabinning qo'li baland keldi. Artyom chempionlik yo'lida indoneziyalik Septian Ajiyangsyax, qatarlik Ayub Elidrissi, mo'g'ulistonlik Erxembayar Battogtox, bahraynlik Ramazan Kodjakovni mag'lubiyatga uchratgan edi. 

-73 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Hikmatulloh To'raev ham barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. To'raev finalga qadar qozog'istonlik Erasil Sakenuli, shri-lankalik CHamara Repiyallaj, rossiyalik Armen Agayan, bahraynlik Askerbi Gerbekovni mag'lubiyatga uchratdi. Oltin medal uchun kechgan bellashuvda esa xitoylik Sayinjirgaladan ustun keldi.

-52 kg vaznda tatamiga chiqqan vakilamiz, yoshlar o'rtasida jahon, kattalar orasida Osiyo chempioni Diyora Keldiyorova bronza medaliga ega chiqdi. Diyora garchi ikkinchi bosqichda franciyalik Markus Tabellionga yutqazgan bo'lsa-da, o'tish bahslarida braziliyalik Valentim Eleudis, rossiyalik Darya Bobrikova, vengriyalik Katinka Jaboni mag'lubiyatga uchratdi.

SHu tariqa, Butunjahon armiya o'yinlarining dzyudo musobaqasi birinchi kungi bahslaridan so'ng terma jamoamiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega bo'lib turibdi. Aynan dzyudochilarimizning medallari sabab O'zbekiston sport delegaciyasi Xitoy, Rossiya va Franciyadan so'ng umumjamoa hisobida 4-o'ringa ko'tarilib oldi.        

Uxanga yo'l olgan dzyudochilarimiz tarkibi:

-48 kg: Marjona Salohiddinova

-52 kg: Diyora Keldiyorova 

-57 kg: Amina Mamedova 

+78 kg: Rinata Ilmatova

Erkaklar

-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev (qatnashmadi)

-66 kg: Artyom SHturbabin 

-66 kg: Muhriddin Tilovov 

-73 kg: Hikmatulloh Turaev

-81 kg: Kamoliddin Rasulov

-90 kg: Yahyo Imomov 

-100 kg: SHerali Jo'raev

+100 kg: Bekmurod Oltiboev

Murabbiylar: Bekzod To'raboev, Tohir Fayziev

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing