So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

06 dek 18:18
Yangiliklar

Tadbirlar, SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi qahramonlariga - "Spark" avtomashinalari topshirildi

Xabaringiz bor, 24 noyabr - 2 dekabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida o'smirlar o'rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'tkazilgan va musobaqa yakunlariga ko'ra o'zbekistonlik yosh aql-idrok sohiblari shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egallagandilar.

Bugun ana shu Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etgan shaxmatchilarimizni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. SHaxmat bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida tashkil etilgan marosimda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov, Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov, Maktabgacha talim vaziri Agrepina SHin, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov so'zga chiqar ekan, qo'lga kiritilgan muvaffaqiyat zamirida mamlakatimiz rahbari tomonidan sportga qaratilayotgan etibor, g'amxo'rlik turgani haqida gapirdi.

"Ushbu muvaffaqiyatingizdan Siz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev juda xursand bo'ldilar. Bugun mamlakatimiz rahbari nomidan Sizlarni tabriklash men uchun katta sharafdir. Siz musobaqada shaxmat olamida o'ziga yarasha nufuzga ega bo'lgan mamlakatlar - Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, shuningdek, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova vakillarini mag'lubiyatga uchratdingiz. Bu esa g'alabangiz salmog'ini yanada oshirishi shubhasizdir.

Bugungi kunda mamlakatimiz rahbari tomonidan sportni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. U kishining qo'l ostida turli islohotlar va loyihalar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi albatta sportchilarimizga yanada yaxshiroq sharoitlar yaratishga qaratilgan. Sizlarning xalqaro arenada qayd etgan ushbu g'alabangiz biz to'g'ri yo'lda ekanligimizni yana bir bor tasdiqladi.



Bungacha aql-idrok sohiblarimizning mazkur o'yinlarda ko'rsatgan eng yaxshi natijalari 2004 yilda bo'lgandi. O'shanda sportchilarimiz uchinchi o'ringa ega chiqqandilar. Bu safar esa siz tarixiy natijani qayd etib, oldingizga qo'yilgan vazifani alo darajada bajardingiz.

Sizlardan kelajakda umidimiz katta. Ishonamanki, erishilgan muvaffaqiyat bilan to'xtab qolmaysizlar va kelajakda o'zbek shaxmati tarixida yangi sahifa ochishda davom etasizlar", - dedi Bosh vazir o'rinbosari.

So'ngra O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisi o'rinbosari Husan Turdaliev so'zga chiqib, yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

SHundan so'ng shaxmat Olimpiadasi qahramonlari - Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev, SHamsiddin Vohidovlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'asi - "Spark" avtomobillari topshirildi.

Malumot uchun, terma jamoamizning yana bir azosi, 12 yoshli Javohir Sindarov oktyabr oyida xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo'lgani uchun SHavkat Mirziyoev tomonidan 3 xonali uy bilan taqdirlangandi.

Murabbiy Saydali Yo'ldoshevga esa Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan 15 000 000 so'm miqdoridagi mukofot puli taqdim etildi.

Marosimda so'zga chiqqan Nodirbek Abdusattorov ko'rsatilayotgan bunday etibor, g'amxo'rlik uchun o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi. Ushbu rag'batga javoban bundan keyin ham yuksak marralarni zabt etishga vada berdi.



Taqdirlash marosimi yakuniga etganidan so'ng Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov va Nodirbek Abdusattorov o'rtasida shaxmat bo'yicha o'rtoqlik o'yini tashkil etildi. Do'stona ruxda kechgan uchrashuv durang hisobda yakunlandi.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing