01 okt 15:25
Yangiliklar
Taekvondo
Butunjahon taekvondo federaciyasi ilk bor virtual Bosh assambleya o'tkazishga tayyor
Butunjahon taekvondo federaciyasi 6 oktyabr kuniga rejalashtirilayotgan Bosh assambleyasiga tayyorgarlikni yakunlamoqda.
Boshqaruv kengashi esa pandemiya davridagi holatga moslashmoqda.
Dastlab Bosh assambleya 13 oktyabr kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati doirasida o'tishi rejalashtirilgan edi. Biroq hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda ushbu musobaqa qoldirildi va Bosh assambleya videokonferenciya shaklida o'tkazish haqida qaror qabul qilindi.
Butunjahon taekvondo federaciyasi unda har bir azo federaciyadan ikki nafar shaxsni, bir erkak va bir ayol kishini ro'yxatdan o'tkazishni so'radi. Bu orqali gender tengligini taminlash ko'zda tutilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar