30 okt 08:10
Yangiliklar
Buvaysar Saytiev sovrini uchun musobaqaning ilk kuni 2ta medal qo'lga kiritildi
Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 16-17 yoshli polvonlar o'rtasida o'tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqada Rossiya, Belgiya, Ozarboyjon, Eron, Yaponiya, Franciya, Germaniya kabi o'ndan ortiq davlatdan kurashchilar ishtirok etishyapti.
Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining to'qqiz nafar azosi ham medallar uchun bahslarga kirishishadi. Musobaqaning ilk kuni terma jamoamiz azolari ikkita medalni qo'lga kiritishdi.
42 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Islom Ilhomov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo'ldi. 50 kg vaznda yurtimiz sport sharafini himoya qilgan Rustambek Jo'raev bronza medali bilan taqdirlandi.
Fikrlar