23 mar 21:50
Yangiliklar
"Buyuk Ipak yo'li" turniriga qura tashlandi. Jalolov Kunkabaev bilan ikkinchi davrada to'qnash kelishi mumkin
Biroz avval ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Buyuk Ipak yo'li musobaqasiga qura tashlandi. Ko'pchilikning etibori +92 kg vazn toifasidagi bahslarga qaratilsa ajab emas. Boisi, unda Bahodir Jalolov va Kamshibek Kunkabaev ishtirok etadi.
Qura natijasiga ko'ra, Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritib ulgurgan bu qardosh bokschilar ikkinchi davrada o'zaro to'qnash kelib qolishlari mumkin. Buning uchun Jalolov birinchi bosqichda eronlik Ruzbeh Safarini, Kunkabaev esa rossiyalik Ramazan Karnukaevni mag'lub etishi kerak bo'ladi.
Ushbu vazn toifasida yana bir charm qo'lqop ustamiz ham medallar uchun bahslarga kirishadi. Jahongir Zokirov birinchi davradan ozod etilgan. U ikkinchi bosqichda ozarbayjonlik bokschi Yoxanes Nuriev va Magammad Abdullaev jangi g'olibiga qarshi ringga ko'tariladi.
Fikrlar