27 jan 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Byorns CHimaevning "O'lishga tayyorlan, bolakay" gapiga javob qaytardi
Yarimo'rta vazn toifasida sobiq UFC chempionligiga davogar Gilbert Byorns asli kelib chiqishi chechenistonlik bo'lgan shved jangchisining avvalroq u haqida aytgan gaplariga javob qaytardi.
"Ko'ramiz", — deb yozgan Byorns o'z tvitter sahifasida.
Byorns so'nggi marta o'tgan yilning iyul oyida Stiven Tompson bilan jang qilib, hakamlar qaroriga ko'ra g'olib bo'lgan. Fevralda u UFC chempioni bo'lishi mumkin edi, lekin titul jangida u Kamaru Usmanga mag'lub bo'ldi.
Xamzat so'nggi jangini UFC 267 turniri doirasida, xitoylik Li Jianlinga qarshi o'tkazdi va raqibini birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida bo'g'ish usuli orqali mag'lub etdi. UFCdagi to'rtta jangida CHimaev bor-yo'g'i ikki marotaba zarba o'tkazib yuborgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar