30 jan 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Byorns Usmanni nokautga uchratishini aytdi
Yarimo'rta vaznda UFC kamariga davogar Gilbert Byorns amaldagi chempion Kamaru Usmanga qarshi jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, jangimiz muddatidan oldin yakunlanadi. Men juda xavfliman va uni nokaut qilaman. Bu uchun menda hamma narsa bor.
Jangga ikki hafta qolganda men har bir qobiliyatimni joyidaligini tekshirish uchun ularni sinab ko'rishni boshlayman. Men 13 fevral kuni Kamaru Usmanni nokautga uchratgan birinchi jangchi bo'lishimga shubha qilmayapman", - dedi Gilbert Byorns.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar