So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

15 iyu 09:23
Yangiliklar

Tadbirlar, Osiyo o'yinlari

“CAMC Engineering” kompaniyasi Bosh direktori bilan Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayoni muhokama qilindi

Ayni kunlarda Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi Bosh direktori Li Xaysin Toshkentda mehmon bo'lib turibdi.

Sport vazirligida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlari uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasining bugungi holati va kelgusida kompleksdan samarali foydalanish masalasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni vazir Adham Ikramov olib bordi. Unda, shuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda olib borayotgan bunyodkorlik ishlarining bugungi holati va qo'shimcha quriladigan yana ikkita bino (tibbiyot markazi va 400 o'rinli mehmonxona)ning loyihasi batafsil muhokama qilindi. Adham Ikramov kompleksning barpo etilishini davlatimiz har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgani, qurilish ishlari uzliksiz olib borilishi uchun barcha sharoit yaratib berilayotganini takidladi. 

Janob Li hamkorlik Xitoy kompaniyasi uchun ham manfaatli bo'layotgani, kelgusida ham qator loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan mamnun bo'lishini bildirdi.

Yig'ilish doirasida Oybek Kasimov musobaqani o'tkazish direkciyasining tashkiliy tuzilmasi va uning faoliyati haqida taqdimot o'tkazdi. Suhbat davomida qurilish ishlarini jadallashtirish, barpo etilayotgan qo'shimcha binolar va tashrif buyuruvchilar uchun ko'ngilochar maydonlarining loyihasini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tavsiyalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing