09 mar 12:05
Yangiliklar
Carukyan ikki kundan keyin jiddiy raqibga qarshi jang o'tkazadi + POSTER
Carukyanning Jiorjio Pullasga qarshi revansh jangi ham bekor bo'ldi. Hype FC ligasi engil vazn toifasida UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan 11 mart kuni Braziliyada bo'lib o'tadigan turnirda mashhur aralash yakkakurash ustasi Muhammad Mokaevga qarshi greppling bellashuvini o'tkazishini malum qildi.
Ushbu bahs o'n daqiqa davom etadi va g'alabani faqat usul (sabmishen) bilan qo'lga kiritish mumkin bo'ladi. Jangning vazn toifasi hali elon qilinmadi.
28 fevral kuni AQSHdagi RAF musobaqasida Carukyan va Pullas o'rtasidagi shov-shuvli erkin kurash bellashuvidan so'ng, Hype FC tezda ular o'rtasidagi greppling jangini elon qildi. Ammo keyin, ehtimol, RAF ligasi ishtirokisiz, u bekor qilindi hamda Carukyan va Pullas o'rtasidagi revansh 28 mart kuni RAF erkin kurash turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Muhammad Mokaev 2024 yilda promoushen u bilan xayrlashgunga qadar eng engil vazn toifasida UFC’da muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Yaqinda Mokaev eng engil vazn toifasida BRAVE chempioni bo'ldi. 2024 yilda Mokaev ADXC 6 turnirida greppling bo'yicha jang o'tkazdi va braziliyalik Ro;erio Bonga yutqazdi.

Fikrlar