02 iyu 16:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Carukyan - Maxachev bilan revansh haqida: "Bu yopiq mavzu"
UFC engil vazn etakchisi Arman Carukyan Islam Maxachevga qarshi ehtimoliy revansh haqida gapirdi.
— Moskva yoki Sankt-Peterburgda Islam Maxachevga qarshi revansh haqida qanday fikrdasiz?
— Hozircha bu yopiq mavzu. Islam boshqa vazn toifasiga o'tdi, men esa engil vaznda qoldim. Avval engil vaznda chempion bo'lishim kerak, keyin boshqa vazn haqida o'ylash mumkin.
— O'zingiz ham yarim o'rta vaznga o'tishni o'ylamadingizmi?
— Men hali 70 kgda ham chempion bo'lmadim! – dedi Carukyan ADXC 10 turniridan so'nggi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : Обзор Press
Fikrlar