25 apr 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Carukyan nima uchun Topuriya bilan jangi amalga oshmasligini tushuntirdi
UFC jangchisi Arman Carukyan amaldagi chempion Iliya Topuriya bilan jang nima sababdan bo'lmasligi mumkinligini izohladi.
"Agar u Getjini yutsa, men bilan jang qiladimi? Yo'q, u yuqori vaznga ko'tariladi. UFC nima istaydi? UFC ham uning yuqori vaznga o'tishini istaydi. Islam Maxachev bilan katta jang qilish uchun. Agar u Islamni yutsa, uchta kamarni qo'lga kiritadi va merosini mustahkamlaydi. Men bo'sh turgan kamar uchun jang qilamanmi? 99,9%.
Agar u yuqoriga ko'tarilsa — yaxshi. Islam uni mag'lub etadi, u qaytadi, keyin men uni mag'lub etaman va shundan keyin UFC uni bo'shatadi", — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar