So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

28 mar 14:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Carukyan Pullasning Nina Dramani 10 000 evro evaziga uchrashtirish taklifiga keskin javob berdi

RAF 07 kurash turniri oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida engil vazn toifasi UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan hamda amerikalik kurashchi va bloger Jorjio Pullas o'rtasida noodatiy holat yuz berdi.

Pullas raqibi Carukyanga qiz o'rtog'i, bloger Nina Drama bilan uchrashish uchun 10 ming evro taklif qildi. - Qani, Nina degan qizing bilan uchrashtir-chi, men senga pul beraman. Nima deysan? - dedi Pullas.

Carukyan bu taklifga keskin javob qaytardi: - Mening qizim bilanmi? Ey, yigitlar, hech kim oilaga - onaga, opa-singillar manziliga gap aytilishini yoqtirmaydi. SHu jumladan, men ham. Agar kimdir bu haqda gapirsa - o'ldim deyaversin. Menga baribir. Ayollarni hurmat qil, tushundingmi? Men haqimda gapirishing mumkin, lekin do'stlarim va boshqa odamlar haqida emas", - dedi Carukyan matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Arman Carukyan so'nggi paytlarda Nina Drama bilan tez-tez roliklar suratga olmoqda. Ammo yoshlar juft emas. Nina mashhur amerikalik bloger, sobiq Pleyboy modeli va sport muxbiri bo'lib, UFC jangchilari bilan original intervyular orqali shuhrat qozongan.

Carukyan va Jorjio Pullasning birinchi jangi Armanning shov-shuvli g'alabasi va jangdan keyingi janjal bilan yakunlangandi. Matbuot anjumani paytida Nina zalda edi. Voqeadan so'ng u Pullasning oldiga kelib, so'zlarini izohlab berishini so'radi va suhbatda uni tilga olish qandaydir provokaciya emas, balki hurmatsizlik ekanini takidladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing