29 apr 12:04
Yangiliklar

Carukyan shu haftadayoq jang o'tkazadi, raqib Maxachevning jamoadoshi + POSTER
Carukyan 2 may kuni BAAning Dubay shahrida tashkil etiladigan greppling bo'yicha Karate Combat 54 turnirida jang qiladi. Uning raqibi vatandoshi Makkasharip Zaynukov bo'ladi. Zaynukov Islam Maxachevning jamoadoshi hisoblanadi. Ushbu jang 80 kilogramm vazn toifasida o'tkaziladi, deb xabar bermoqda taniqli sport sharhlovchisi Ariel Xelvani.
SHuningdek, ushbu turnirda taniqli aralash yakkakurash ustalaridan Muhammad Mokaev, Sem Alvi va Tayron Spong ham ishtirok etadi. Sem Alvi va Tayron Spong o'rtasidagi to'qnashuv ushbu oqshomning asosiy jangi bo'ladi.
Malumot uchun, Makkasharip Zaynukov professional yo'nalishda 20 ta jang o'tkazib, 16 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Ayni paytda u 5 ta g'alabali seriyali bilan kelmoqda. So'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida PFL turnirida o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan Dedrik Sandersni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar