28 jan 19:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Carukyan Topuriyaga hazil qildi: "Men bilan jangga rozi bo'lsang, uyingni sotib olaman"
Arman Carukyan Iliya Topuriyaning Madriddagi uyini sotuvga qo'ygani haqidagi xabarga hazil aralash munosabat bildirdi.
"Agar navbatdagi jangni men bilan o'tkazishga rozi bo'lsang, uyingni sotib olaman", — deb yozdi Carukyan.
Avvalroq Topuriya Madriddagi uyini taxminan $3,5 mln narxda sotuvga qo'ygan edi. Iliya 2025 yil yozidan buyon oilaviy sabablarga ko'ra UFC’da jang qilmayapti.

Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar