28 noy 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Carukyan UFC anonslari hamda Topuriya bilan chempionlik jangi berilmaganiga munosabat bildirdi
Engil vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan promoushenning tunda elon qilingan bir nechta qiziqarli janglari haqida gapirdi.
"Menga buni umuman qanday tushunish mumkinligini tushuntiring", - deya qisqa munosabat yozgan Carukyan ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, bir necha soat oldin UFC 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida engil vazn toifasining sobiq vaqtinchalik chempioni amerikalik Jastin Getji va britaniyalik Peddi Pimblett o'rtasida jang bo'lib o'tishini rasman elon qilgan edi. Getji va Pimblett engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi. Ushbu jang g'olibi Iliya Topuriyaga qarshi oktagonga chiqishi kerak bo'ladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar