23 may 11:01
Yangiliklar
Carukyan UFC`dagi jang huquqini 200 000 dollarga sotdi
Bu mablag'ni UFC`ning engil vazn toifasidagi etakchisiga N3on strimeri "Axalkalakets" o'zi yozgan musiqiy trek ostida chiqishi uchun to'laydi.
Bu haqda rossiyalik va amerikalik qo'shma strimda kelishib olishdi.
N3on: "Mening qo'shig'im ostida jangga chiqa olasanmi?"
Carukyan: "Agar menga bir million to'lasang"
N3on: "Yo'g'-e, nimalar deyapsan?"
Carukyan: "Qancha to'lashga tayyorsan?"
N3on: "Yuz ming"
Carukyan: "Yuz ming? Yo'q. Ikki yuz ming.
N3on: "Ha!"
Carukyan: "Uch yuz ming!"
N3on: "Yo'q, sen allaqachon ikki yuz ming deb ayting. Sen vadangda turishing kerak.
Carukyan: "Yaxshi, kelishdik, ikki yuz ming".
N3on: "Ikki yuz ming va sen mening qo'shig'im ostida chiqyapsan! Kelishdik. Faqat UFCda, boshqa joyda emas!"
Carukyan: "Ha, UFCda. Kelishdik!
Nazariy jihatdan, Arman Carukyan oktagonga 14 iyun kuni Oq uy yaqinidagi UFC turnirida chiqishi mumkin. U Iliya Topuriya va Jastin Getji o'rtasidagi jangni sug'urta qiladi, yani zaxira jangchisiga aylanadi.

Fikrlar