20 apr 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Caul Alvares: "Men uchun eng katta qiyinchilik bu..."
Supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares faoliyatidagi eng katta qiyinchilik haqida gapirdi.
Kaneloning so'zlariga ko'ra, uning asosiy etibori Gennadiy Golovkin bo'lmaydi. Uning oldidagi asosiy sinov yarimog'ir vazndagi kamarlarni birlashtirish bo'ladi. 7 may kuni Saul Alvares WVA chempioni Dmitriy Bivolga qarshi ringga ko'tariladi.
"Men uchun eng katta qiyinchilik - yarimog'ir vazn toifasidagi kamarlarni birlashtirish. Bu men uchun juda muhim. Yarimog'ir vaznda Dmitriy Bivol xavfli raqib. U yaxshi bokschi, kuchli va masofani o'lchashga qodir. Lekin biz o'z mahoratimiz va qobiliyatimizga ishonamiz", - dedi Kanelo.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar