23 okt 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Cexudo Konorga: "Kel, Xabibni urib ko'r. Keyin senga nima bo'lishini ko'ramiz"
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Cexudo Konor Makgregorning italiyalik di-jeyga hujum qilganiga munosabat bildirdi.
"Dana Uayt sankciyalarni qo'llamaydi. Konor uning pul sog'adigan sigiri. U asosiy qoidani biladi: tilla yigit qoidalarni ishlab chiqadi. Di-jeylarni xafa qilmoqchi bo'lsang, kuchliroq zarba ber, ahmoq! Kutilmagan hujum uchun mos raqib tanla!
Kel, Xabibni urib ko'r. Keyin senga nima bo'lishini ko'ramiz», - dedi Cexudo.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Konor italiyalik taniqli teleboshlovchi Franchesko Fakkinettiga hujum qilib, uning burnini sindirgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar