29 noy 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Cexudo UFC'ning eng kuchli besh jangchisi kim ekanini aytdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Genri Cexudo UFC'ning eng kuchlilari haqida fikr bildirdi.
"Birinchi o'ringa so'zsiz Kamaru Usmanni qo'yaman. U aniq birinchi! Ikkinchi o'ringa esa Jon Jonsni qo'ygan bo'lar edim. U avval birinchi edi, biroq ancha vaqtdan beri janglarda ishtirok etmadi. Biroq nima bo'lgan taqdirda ham u afsona!
Uchinchi pog'onaga Aleks Volkanovski. To'rtinchi o'ringa esa kartoshka bashara Petr Yanni qo'yaman. To'g'ri, unda to'liq chempionlik kamari yo'q, biroq aslida "Oskar" sohibi Aljemeyn Sterlingga tegishli kamar uniki. Beshinchi o'rin esa Israel Adesanya", - deya fikr bildirgan Cexudo.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar