11 may 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra Fergyusonni qo'llab-quvvatladi, Toni unga javob qaytardi
Engil vaznda UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra Maykl CHendler bilan jangda nokautga uchragan Toni Fergyusonni qo'llab-quvvatladi.
"Biz diviziondagi eng kuchli jangchilarmiz, shunday ekan ko'tarilish va pasayish — biz tanlagan yo'lning bir qismidir. Senga juda ham qoyilman, Toni. Sening oktagon ichida tarixing bor. Olg'a, El Kukuy! Agar xohlasang, navbatdagi jangingdan avval, San-Pauludagi ChuteBoxe shtab kvartirasida birga shug'ullanishimiz mumkin, og'ayni!", - deb yozgan Oliveyra ijtimoiy tarmoqlarda.
Fergyusonning ham javobi uzoq kuttirmadi.
"Seni eshitganimdan xursandman. Diqqatingni jamla, CHak. Jamoangning tarozida yana xato qilishiga yo'l qo'yma, maylimi? Tez orada ko'rishamiz, og'ayni. Yaxshi yigit bo'l, chempion!", - deya javob bergan Toni.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar