19 iyu 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra haqida film suratga olinadi
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi haqida avtobiografik filmning syomka jarayoni tez orada boshlanadi.
Tasvirga olish ishlari Las-Vegas hamda Braziliyaning o'zida bo'lib o'tadi. 2022 yil jiu-jitsu bo'yicha jahon chempioni Fernando Terere haqidagi filmni tasvirga olgan Eduardo Ferro kartina rejissyori bo'ladi.
"Filmda Oliveyraning chempionlikkacha bosib o'tgan hayot yo'li, og'ir kasallikka qarshi kurashi, San-Pauludagi kambag'al tumanda o'tgan bolalik yillari, jiu-jitsudagi yutuqlari hamda UFC chempioni bo'lishi tasvirlanadi", — deyiladi filmni moliyalashtirayotgan 405 Films kompaniyasi bayonotida.
Havola :
Manba : 405 Films
Fikrlar