22 iyu 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"CHarlz Oliveyra Islam Maxachevni uch raund ichida mag'lub etadi"
Britaniyalik UFC jangchisi Peddi Pimblett CHarlz Oliveyra va Islam Maxachev o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, CHarlz Oliveyra g'alaba qozonadi. U Islam Maxachevni uch raund ichida nokaut qilishga erishadi. Ularning har ikkisi ham kuchli. Islam haqiqiy kurashchi, u hech qachon CHarlzning raqiblaridek kuchli jangchilarga qarshi oktagonga ko'tarilmagan. U TOP-10 vakillarining hech biriga qarshi jang qilmasdan chempionlik kamariga davogarga aylandi»,-deb fikrini yakunlagan Peddi.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Oliveyra va Islam Maxachev o'rtasidagi jang 22 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar