26 avg 07:32
Yangiliklar

CHarlz Oliveyra Islam Maxachevni yolg'onchilikda aybladi
Uning aytishicha, Islam Oliveyra bilan Braziliyada jang o'tkazishga vada berib, so'zida turmagan.
"Mening kim bilan jang qilishimni hamma bilar edi. Maxachev bilan jang bo'ladi deb sira o'ylamagandim. Ular sen va kamar uchun ham Braziliyaga boramiz deb vada berishdi. Yakunda esa so'zlarida turishmadi. Men bu jangni Rioda o'tkazishni so'ragandim. Maxachev va uning jamoasi so'zida turganida, jang yanvar oyida Braziliyada o'tkazilgan bo'lar edi. Oxir oqibat ular o'zlari istagan manzilda jang o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Mayli, buning qo'rqinchli joyi yo'q. Oktagon dunyoning istalgan burchagida ham bir xil. Men belgilangan sanaga yuz foiz tayyor bo'laman", - dedi Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Oliveyra va Islam Maxachev o'rtasidagi chempionlik jangi 22 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 280 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar