28 iyu 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra: "Kamar hali ham meniki, bu men uchun yana bir himoya jangi"
Braziliyalik UFC jangchisi CHarlz Oliveyra Islam Maxachev bilan bo'lajak chempionlik jangini o'zi uchun himoya jangi sifatida ko'rmoqda.
"Kamar hali ham meniki, bu men uchun yana bir himoya jangi, xolos. Men vazn qilganman, bunga hech qanday shubha yo'q. O'zimni xuddi aldangandek his qilaman. Bu og'ir. Otamning yig'laganini eshitdim, qizim esa nega kamarimni olib qo'yishganini so'radi. Bu men qilgan ishlarga mos kelmas edi.
Lekin eng muhimi, men chempionlik mentaliletini ko'rsatib qo'ydim. SHu ishdan keyin ham men chempionman", - deya CHarlzning so'zlarini keltiradi Sports Illustrated nashri.
Eslatib o'tamiz, CHarlz so'nggi bor 8 may kuni Jastin Getjiga qarshi jang qilgan edi. Oliveyraning MMAdagi statistikasi: 33-8-1.
Avvalroq, CHarlz Oliveyra - Islam Maxachev jangi rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar