27 avg 07:44
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/233593_220.jpg)
CHarlz Oliveyra: "Maxachev bilan jang birinchi raundda yakunlanadi"
Braziliyalik sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra yana bir bor Islam Maxachevga qarshi bo'lajak jang haqida gapirdi.
"Maxachev albatta meni imkon qadar tezroq parterga tushirishga harakat qiladi va shu tarzda ishlashimga halal bermoqchi bo'ladi. O'ylashimcha, u sabmishen evaziga g'alaba uchun barcha ishni qiladi.
Ammo, Maxachevning nima qilmoqchi ekanligi meni umuman havotirga solayotgani yo'q. Men faqat Oliveyra nima ko'rsata olishi haqida o'ylayapman. Ishonavering, Maxachev bilan jang birinchi raundda yakunlanadi", - dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : Brazilian MMA Legends
Fikrlar