29 iyu 11:49
Yangiliklar

CHarlz Oliveyra: "Maxachev bunga loyiq emas"
"Aslida Maxachevni shu darajaga loyiq deb o'ylayman. Ha to'g'ri, uning g'alabali seriyasi uzoq davom etdi. Adashmasam, ketma-ket 11 ta jang, shundaymi? Yoki shunga yaqin. Ammo, boshqa tomondan qaraganda, Islamning chempionlik jangida oktagonga chiqishida Xabibning xissasi katta. Atrofingda shunday odaming bo'lsa, bu senga og'irlik qiladi.
SHunday qilib, sizga yoqadimi yoki yo'q, bu haqiqat! Menga farqi yo'q, kamarga ega chiqishim uchun u bitta jang o'tkazishi kerak edi xolos", — deya Oliveyraning so'zlarini keltiradi MMA Fighting
Eslatib o'tamiz, shu yilning may oyida CHarlz Oliveyra birinchi raundning o'zida Jastin Getjini bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa-da, vazn o'lchashdagi meyoridan ortiqcha 200 gramm uchun kamaridan mahrum qilingandi.
Maxachev esa so'ngi bor UFC Fight Night turnirida Bobbi Grinni birinchi raundning o'zidayoq texnik nokautga uchratgan edi.
Fikrlar