21 iyu 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/227589_220.jpg)
CHarlz Oliveyra: "Maxachevga qarshi u istagan joyda jang qilish uchun boryapman"
Engil vazn toifasida UFC kamariga rasmiy davogar CHarlz Oliveyra Islam Maxachevga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
"Men Maxachevga qarshi u istagan joyda jang qilish uchun boryapman. Ular meni aynan o'sha erda mag'lub etishlariga ishonyaptilar. Men vazndagi eng xavfli raqibman. Islam hech qachon men kabi jangchiga qarshi oktagonga ko'tarilmagan. U doim "stoyka"da jang qiladigan raqiblar bilan to'qnash kelgan.
Bu safar Islam haqiqiy bosh og'riqqa qarshi oktagonga ko'tariladi. Sizlar urush bo'lishini istaysizlarmi? Urush bo'ladi. Men 22 oktyabrga tayyor bo'laman. Islamni mag'lub etaman", - dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar