So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0

09 okt 13:08
Yangiliklar

Boks/MMA

CHarlz Oliveyra Oq uydagi turnirida Makgregor bilan jang qilmoqchi

Sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra 2026 yil Oq uydagi UFC turnirida Konor Makgregor bilan jang qilishni istashini bildirdi.

"Meros haqida gapirar ekanman, agar Oq uydagi turnirda jang qilish imkoni bo'lsa, bu ulkan voqea bo'lardi. Nima uchun ular u erda katta jang tashkil qilmasligi kerak? Bu ajoyib bo'lardi. Barcha jangchilar u erda jang qilishni xohlaydi deb o'ylayman. Agar men kerak bo'lsam, UFC uchun tayyorman.

Qarshimda kim bo'lishi mumkin? Hatto aytgim ham kelmaydi (kuladi). Hamma biladi — bu men va Makgregor jangidir.

Nima uchun u bilan? Albatta, pul uchun (kuladi). Men bu erdagi eng rostgo'y odamman. Mening hikoyam uydirma emas — qanday bo'lsa, shunday. Gapirish uslubimni o'zgartirmayman.

Nega Konor bilan jang qilishni xohlayapman? Moliyaviy sababga ko'ra. Bu qancha pul olib keladi deb o'ylaysiz? Katta miqdorlar. Biz katta pul haqida gapiryapmiz. Nega? Sababi shunda.

Bu u kimni mag'lub etgani yoki nima qilgani haqida emas. U men haqimda yomon gap so'zlamagan. Aksincha, men ham u haqida yaxshi fikrdaman. U jang sanati tarixiga kirgan, buyuk raqiblarni enggan. Uning o'z uslubi bor edi. Bu uslub unga katta pul, mashhurlik va sportimiz uchun foyda keltirdi.

Nega u bilan jang qilishni xohlayapman? CHunki bu menga katta pul olib keladi — haqiqat shunda. Menda unga qarshi boshqa hech narsa yo'q", — dedi Oliveyra.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing