03 apr 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA
CHarlz Oliveyra Topuriya - Getji jangi uchun zaxira varianti bo'lishga tayyor
UFC sobiq chempioni braziliyalik CHarlz Oliveyra Oq uyda o'tadigan turnirda Iliya Topuriya hamda Jastin Getji o'rtasidagi jang uchun zaxira varianti sifatida chiqishga tayyorligini aytdi.
"Men kamar uchun kurashyapman va yana chempion bo'lishni xohlayman. Lekin hech kim xomxayolga berilmaydi — hamma narsaning hisob-kitobi bor. Iyunda UFC kamari uchun jang bo'ladi. Men zaxiraga chiqishim mumkin. Ammo hozir mashg'ulotlarga, vazn tushirishga etibor qaratyapman, tayyor bo'lganimda esa men uchun jangdan voz kechish bo'lmaydi. O'ylashimcha, agar Topuriya g'alaba qozonsa, u yarimo'rta vaznga ko'tariladi va kamar bo'sh qoladi. U bo'sh qoladimi-yo'qmi — baribir, men navbatdagi davogarman", — dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar