10 iyu 12:42
Yangiliklar
Boks/MMA
CHarlz Oliveyra: "Yaralangan sher baribir sherligicha qoladi"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra ertangi Beneil Dariushga qarshi o'tkaziladigan jangi oldidan fikr bildirdi.
"Yaralangan sher - baribir sher! O'zimni qorindan yangi tushgan chaqaloqdek his qilyapman. Men chempionman va buni barchaga ko'rsataman. Beneil - juda zo'r jangchi va tabiiyki, hurmatga loyiq. Juda zo'r zaldan chiqib kelgan. Ammo raqibni hurmat qilaversak, ularning nima qilishlaridan havotir ham olmay qo'yaman", - dedi Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Oliveyra so'nggi jangida Islam Maxachevga mag'lub bo'lgandi. Dariush esa aynan o'sha oqshomda Mateush Gamrot ustidan g'alabaga erishgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar