17 may 09:56
Yangiliklar

CHarlz Oliveyra yarim engil vazn UFC kamarini ham ko'zlamoqda
"Biz bu mavzuda jamoam bilan bir necha marotaba gaplashdik. O'zimni hozir ham yarim engil vazn toifasi vakili sifatida his qilyapman. Agar Dana Uayt menga shu imkoniyatni taqdim etsa, bajonidil yarim engil vazn chempionlik kamari uchun jang qilgan bo'lardim. Men bunga tayyorman", - dedi kechagi jangdan keyingi matbuot anjumanida Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli CHarlz Oliveyra kecha amerikalik Maykl CHendlerni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratib, UFC engil vazn toifasining yangi chempioniga aylangan edi. Braziliyalikning keyingi raqibi katta ehtimol bilan Konor Makgreg - Dastin Pore jangi g'olibi bo'ladi. Trilogiya 10 iyul kuni AQSHning Las-Vegas shahrida UFC 264 turniri doirasida o'tkaziladi.
Tadkidlash joiz, CHarlz Oliveyra yarim engil vazn toifasida 12 ta jang (7 g'alaba, 5 mag'lubiyat) o'tkazishga ulgurgan. To'rtta jangda belgilangan vazn meyorini ham bajara olmagan. Ayni paytda bu vaznda avstraliyalik Aleksandr Volkanovski UFC chempioni hisoblanadi.
Fikrlar