24 sen 09:51
Yangiliklar

CHarlz Oliveyraga yangi raqib berildi + POSTER
Oqshomning asosiy jangida engil vaznda sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra ozarbayjonlik Rafael Fizievga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo Fizievning jarohati sabab CHarlz raqibsiz qolgandi.
UFC matbuot xizmati braziliyalik 35 yoshli Oliveyraning yangi raqibini rasman elon qildi. CHarlz UFC engil vazn toifasi reytingida 8-o'rinni egallab turgan polshalik Mateush Gamrotga qarshi oktagonga chiqadigan bo'ldi.
Malumot uchun, Oliveyra 2008 yilning mart oyidan beri professional MMAda o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. Uning hisobida 35 g'alaba va 11 mag'lubiyat bor. Bitta jangi o'tkazilmagan deya topilgandi. Mateush Gamrot shu yilning 1 iyunida UFC on ESPN 68 turniri doirasida hakamlarning yakdil (30-27, 30-27, 30-27) qarori bilan Lyudovit Kleynni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar