So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

25 okt 13:26
Yangiliklar

Taekvondo

CHaros Qayumova finalda! Uch nafar taekvondochimizda bronza uchun imkoniyat bor

Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o'yinlari davom etmoqda.

Bugungi kungi musobaqalarda ham to'rt nafar taekvondochimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. 

-53 kg vazn toifasida CHaros Qayumova 1/8 finalda misrlik Maram Izatni 21:0 hisobida tor-mor etdi. CHorak finalda serbiyalik Tiyana Bogdanovich 22:19 hisobida mag'lub etildi. Yarim finalda braziliyalik Leonor Saraviya taslim qilindi - 23:5. Finalda CHaros germaniyalik Nadya Nutxaft Roxana bilan to'qnash keladi. 

-62 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruza Sodiqova musobaqani chorak finaldan boshladi. Bu bosqichda rossiyalik Yuli Turutina 8:5 hisobida mag'lub etildi. Yarim finalda esa Feruza xitoylik Jie Song bilan to'qnash keldi. Afsuski uchinchi raundda omad hamyurtimizdan yuz o'girdi va Sodiqova final ostonasida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi Feruza bronza medali uchun jang qiladi. 

-54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Otabek Turg'anbekov dastlabki bosqichda koreyalik Park Yongchulni mag'lub etdi. Nimchorak finalda hamyurtimiz kuvaytlik Ali Almershad ustidan 32:10 hisobida g'alabaga erishdi. Afsuski chorak finalda Turg'anbekov braziliyalik Paulo Meloga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 11:21. Endi Otabek bronza medali uchun kurashadi. 

-63 vazn toifasida Niyoz Po'latov ilk bosqichda qozog'istonlik Islamgali Abuov ustidan hech qanday qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi - 24:0. So'ngra xitoylik Xairui Vang 20:17 hisobida taslim qilindi. CHorak finalda eronlik Kamron Mardanipurni 25:12 hisobida mag'lub etgan Niyoz yarim finalda franciyalik Dilan CHellamotoga yutqazib qo'ydi. Endi Po'latov bronza medali uchun bahs olib boradi. 

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

   
25 okt 14:04:36
Jasur Ganeev
Tabriklimiza Charos
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing