09 may 15:04
Yangiliklar
CHavandozlar Federaciya Kubogi sovrini uchun bahs olib borishdi
Murosasiz bahslarda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan chavandozlardan tashqari Rossiya, Belarus va Qozog'istondan kelgan sportchilar ham raqobat olib borishdi. Bahslar 3 yo'nalishda o'tib, unda muxlislar bolalar, 5-6 yoshli otlar hamda 7 va undan katta yoshli tulporlar o'rtasidagi bellashuvlarga guvoh bo'ldilar.
Yakunda g'olib va sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Bolalar, 110 sm to'siq balandligi:
1. Musojon Tohirjonov, “Pegas Omskiy” laqabli ot (O'zbekiston)
2. Davronbek Firdavsbekov, “Bakarboni” (O'zbekiston)
3. Asilbek Betimqulov, “Rizota” (O'zbekiston)
5-6 yoshli otlar, 120 sm:
1. Temur Azizov, “Sapfir de bettingkort-18” (O'zbekiston)
2. Dayana Onaeva, “Gvendulayn” (Qozog'iston)
3. Alisher Erkinov, ”Etos-17” (O'zbekiston)
7 va undan katta yoshli otlar, 140 sm:
1. Azam Tolibboev, “Klass Iks” (O'zbekiston)
2. Sergey Antonovich, “Kuasar” (Belarus)
3. Kseniya Xayrulina, “Aragorn” (Rossiya)
Fikrlar