15 may 14:59
Yangiliklar
CHavandozlarimiz Evrosiyo ligasida tengsiz
Konkur bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Qirg'izistonda o'tgan “FEI Jumping Nations Cup Eurasia League” musobaqasining yakkalik va jamoaviy yo'nalishlarida g'alaba qozonib, Jahon kubogining final bosqichlariga yo'l oldi.
Musobaqada yurtimiz sharafini O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev, shuningdek, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbaev, Azam Tolibboev va Xurshidbek Alimjonov himoya qilishdi.
CHavandozlarimiz ikkinchi dasturda 150 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash bellashuvlarini jarima ochkolarisiz yakunlashga muvaffaq bo'lishdi. Undan keyingi o'rinlarni Qirg'iziston, Qozog'iston va Rossiya jamoalari band etishdi.
Qayd etish joiz, jamoaviy yo'nalishda o'tadigan Millatlar kubogining final bosqichi oktyabr oyida Ispaniyaning Barselona shahrida tashkil etiladi. Bu jamoamizning mazkur musobaqaga uchinchi bor yo'llanma olishi.
SHuningdek, O'zbekiston terma jamoasi Qirg'izistondagi bosqich yakunida yakkalik dasturidagi Jahon kubogining finaliga ham yo'llanma oldi. Ushbu musobaqa 2024 yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Fikrlar